Evro-2016. Angliya irodali tarzda Uelsni taslim etdi

Evro-2016. Angliya irodali tarzda Uelsni taslim etdi
Evro-2016. Angliya irodali tarzda Uelsni taslim etdi

Angliya hamda Uels terma jamoalari o‘rtasidagi Evro-2016 musobaqasiining guruh bosqich uchrashuvi o‘z nihosiga etdi. Bu haqda \"Fut.uz\" xabar berdi.

Unda 2:1 hisobi qayd etilib, inglizlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Anchagina qiziqarli kechgan uchrashuvda dastlab birinchi bo‘lim 42-daqiqasida Garet Beyl hisobni ochdi.

56-daqiqaga kelib zahiradan maydonga tushgan Jeymi Vardi javob golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtda esa Daniel Starrij raqib darvozasiga ikkinchi golni kiritib, yakunda Angliyaga 2:1 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.

Shu tariqa, Angliya irodali tarzda Uelsni taslim etdi.

Evro-2016. “V” guruhi. 2-tur

Angliya – Uels 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 42 Beyl, 1:1 – 56 Vardi, 2:1 – 90 Starridj.
Angliya – Xart, Keyxill, Rouz, Uoker, Smolling, Alli, Dayer, Lallana (Reshford, 73), Sterling (Starridj, 46), Keyn (Vardi, 46), Runi.
Uels – Xennessi, Uilyams, Devis, Teylor, Chester, Beyl, Remzi, Robson-Kanu (Uilyams, 72), Allen, Ledli (Edvards, 67), Ganter.
Ogohlantirishlar: Devis (61).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.