O‘zbekiston chorak finalga chiqsa, mundial favoritlaridan biriga qarshi o‘ynaydi

O‘zbekiston chorak finalga chiqsa, mundial favoritlaridan biriga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston chorak finalga chiqsa, mundial favoritlaridan biriga qarshi o‘ynaydi
Argentinada bo‘lib o‘tayotgan 20 yoshlilar o‘rtasidagi mundialning 3-tur uchrashuvlariga ham yetib keldik. \"A\" guruhidan joy olgan O‘zbekiston 2-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi.
 
Haydarov shogirdlarining raqibi \"C\" guruhida 2-o‘rinni olgan jamoa bo‘ladi. Ushbu guruhdagi ikkita o‘yin ham yakunlandi. Unda Kolumbiya Senegal bilan durangga imzo chekkan bo‘lsa, Isroil Yaponiyani 2:1 hisobida mag‘lub qildi va 2-pog‘onaga ko‘tarildi. Shuningdek, O‘zbekistonning 1/8 finalidagi raqibiga aylandi.
 
Qayd etish lozim, ushbu juftlik g‘olibi chorak finalda Braziliya yoshlariga qarshi maydonga chiqishi mumkin. Hozircha Braziliyaning raqibi aniq bo‘lganicha yo‘q.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.