Himoyachi Abduqodir Xusanov milliy terma yig‘iniga chaqirildi, u CAFA musobaqasida ishtirok etadi


Xabaringiz bor O‘zbekiston U-20 terma jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi.
Ertaga Ravshan Haydarov terma jamoasi O‘zbekistonga qaytib keladi. Olgan ma’lumotlarimizga qaraganda, ushbu terma bilan Argentinadagi jahon chempionatida ishtirok etgan himoyachi Abduqodir Xusanov milliy jamoa yig‘inlariga borib qo‘shiladi.
Futbolchi milliy terma jamoamizdan chaqiruv olgan va u 10-20 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan CAFA musobaqasida ishtirok etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













