UEFA EChLning o‘tgan mavsumida urilgan eng chiroyli golni tanladi

UEFA EChLning o‘tgan mavsumida urilgan eng chiroyli golni tanladi
UEFA EChLning o‘tgan mavsumida urilgan eng chiroyli golni tanladi

«Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning EChL chorak finali doirasida «Roma» darvozasiga urgan goli 2015/16 yili Evropa chempionlar ligasining eng yaxshi goli deb topildi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar tarqatgan, deyiladi \"Kun\" nashrida.

Portugaliyalik futbolchining goli uchun so‘rovnomada 36 foiz kishi ovoz bergan. U o‘sha o‘yinning 57-daqiqasida rimliklar sardori Alessandro Florensini ortda qoldirib, darvozaning yuqori chap burchagini aniq nishonga olgandi. Bu Ronaldu uchun EChLdagi 89-goliga aylangandi.

Madridliklar jamoasi yakunlangan mavsumda EChL g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Finalda Mardidning yana bir jamoasi «Atletiko» penaltilar seriyasiga ko‘ra 5:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratildi. Ronaldu jamoaning 12 uchrashuvida maydonga tushib, 16ta gol urdi va turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.