UYEFA Superkubogi qachon va qerda o‘tkaziladi?


“Manchester Siti” Chempionlar ligasi finalida “Inter”ni mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor Yevropa klublari o‘rtasidagi eng nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa “shaharliklar” o‘z tarixlarida birinchi marta UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ularni Yevropa ligasida g‘olib chiqqan Ispaniyaning “Sevilya” klubi kutib turibdi. Ushbu uchrashuv 16 avgust kuni Gretsiya poytaxti Afina shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, UYEFA Superkubogi 1972 yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. O‘tgan yili uni Germaniyaning \"Ayntraxt\" jamoasi qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













