Millatlar ligasi. Italiya Niderlandiyani mag‘lub etib, 3-o‘rin sohibiga aylandi

Millatlar ligasi. Italiya Niderlandiyani mag‘lub etib, 3-o‘rin sohibiga aylandi
Millatlar ligasi. Italiya Niderlandiyani mag‘lub etib, 3-o‘rin sohibiga aylandi
UEFA millatlar ligasi 3-o‘rin uchun bo‘lib o‘tgan Niderlandiya - Italiya bahsi 2:3 hisobida yakun topdi. Unda italiyaliklar g‘alabani qo‘lga kiritdi va musobaqaning bronza medallariga ega chiqdi.
 
\"Skuadra Adzurra\" safida gollarga Dimarko, Frattezi va Keza mualliflik qildi. Niderlandiyaning ikki golini Bergveyn va Veynaldum kiritdi.
 
Ma’lumot o‘rnida, bugun tungi soat 23:45 da Millatlar ligasining final o‘yini start oladi. Unda Xorvatiya Ispaniya bilan kuch sinashadi.
 
Niderlandiya – Italiya 2:3 (0:2, 2:1)
Gollar: 0:1 – 6 Dimarko, 0:2 – 20 Frattezi, 1:2 – 68 Bergveyn, 1:3 – 72 Keza, 2:3 – 89 Veynaldum.
Niderlandiya – Beylo, Dumfris, van Deyk, Gertryuyda (Veynaldum, 46), Ake, de Yong, Lang (Vegorst, 46), Viffer (Verman, 76), Simons (Kopmeyners, 63), Gakpo, Malen (Bergveyn, 46).
Italiya – Donnarumma, Toloi, Acherbi, Buondjorno, Dimarko (Spinatssola, 74), Verratti (Barella, 85), Kristante, Frattezi, Raspadori (Keza, 63), Retegi (Pellegrini, 85), Nonto (Dzanolo, 64).
Ogohlantirishlar: Dimarko (34), Barella (90), Vegorst (90), Acherbi (90).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.