Mbappe 6 yoki 7 iyul kuni boshqa jamoaga o‘tadi

Mbappe 6 yoki 7 iyul kuni boshqa jamoaga o‘tadi

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe tez kunlarda “Real”ga ko‘chib o‘tadi va bu transfer 6 yoki 7 iyul kuni e’lon qilinadi, deb yozdi taniqli jurnalist Fransua Gallardo.

- 6 yoki 7 iyul kuni madridliklar katta quvonchga sherik bo‘ladi. Kilian Mbappe “Real” o‘yinchisiga aylanadi va o‘z orzusiga yetadi.

Ozgina vaqt qoldi. Men 2021 yildan beri Mbappening transferi haqida yozmagan edim, - deb yozdi Gallardo.

24 yoshli Kilian Mbappe anchadan beri “Real”ga o‘tishi haqida gap-so‘z bor. Biroq, so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda fransiyalik hujumchi madridliklardan 240 million yevro maosh so‘ragani “Qirollik klubi”ga ma’qul kelmagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.