Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqaradi

Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqaradi

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqaradi.

Bu haqda Braziliya futbol konfederasiyasi (CBF) prezidenti Ednaldo Rodriges ma’lum qildi. Murabbiy Amerika Kubogi—2024 dan so‘ng terma jamoa boshqaruviga o‘tadi.

\"Real\" bosh murabbiyi hali Braziliya futbol konfederasiyasi bilan shartnomaga ega emas, faqat Rodriges Ispaniyaga yaqinda bo‘lgan tashrifi chog‘ida og‘zaki kelishuvga erishilgan.

Anchelottining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda o‘z nihoyasiga yetadi va bitim yangilanmaydi.

Italiyalik mutaxassis faoliyati davomida “Real”dan tashqari “Parma”, “Yuventus”, “Milan”, “Chelsi”, “PSJ”, “Bavariya”, “Napoli” va “Everton” kabi jamoalarni boshqargan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.