"Chempionlar oqshomi" turnirida 3 nafar bokschimiz g‘alaba qozondi

"Chempionlar oqshomi" turnirida 3 nafar bokschimiz g‘alaba qozondi

Bugun Tailandning Puket shahrida professional boks bo‘yicha \"Chempionlar oqshomi\" turniri o‘tkazilmoqda.

E’tiborlisi, mazkur jang oqshomida 3 nafar vakilimiz ringga ko‘tarildi. Dastlab, -51 kg vazn toifasida Olimpiada va Jahon chempioni Hasanboy Do‘smatov ispaniyalik Martin Molina Salvadorni mag‘lub etdi.

Shuningdek, -63,5 kgda Mujibillo Tursunov qozog‘istonlik Muhammedsabir Bazarbay Uulu, -71 kg vaznda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev qozog‘istonlik Dulat Bekbauo ustidan g‘alabani tantana qildi. Ularning har biri 10000 AQSH dollaridan pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.