Eldor Shomurodov «Kalyari» klubiga ijara asosida o‘tmoqda

Eldor Shomurodov «Kalyari» klubiga ijara asosida o‘tmoqda

Italiya nashrlari Eldor Shomurodovning A Seriyaga qaytgan «Kalyari» klubiga ijara asosida ko‘chib o‘tishga yaqinligi haqida yoza boshladi.

«Roma» Eldor Shomurodovning «Kalyari»ga vaqtinchalik transferini yakunlamoqda», – deb yozmoqda Romapress nashri.

Corriere dello Sport nashri xabariga ko‘ra, Eldor Shomurodov allaqachon «Kalyari» klubi bilan kelishuvga erishgan.

Qayd etilishicha, «Roma» va Sardiniya klubi o‘rtasidagi kelishuv yakuniy bosqichda va yaqin soatlarda muvaffaqiyatli yakunlanishi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.