Zlatan Ibrahimovich: Mening «MYu»ga o‘tishimni Meyvezer va Pakyao jangiga o‘xshatish mumkin, ikkisiga ham odamlar ishonmagan edilar

«MYu»ga o‘tganini rasman ma’lum qilgan Zlatan Ibrahimovich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Aslida bu qarorni qabul qilish men uchun oson bo‘lmadi. O‘ylab qo‘yilgan ishni amalga oshirish ancha qiyin bo‘ldi. Mening «MYu»ga o‘tishimni Meyvezer va Pakyao o‘rtasida kechgan jangga o‘xshatish mumkin. Ikkisini ham amalga oshirish mumkinligiga odamlar ishonmagan edilar.

Shu munosabat bilan jamoam, «MYu» va Mourinoga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ular ushbu transferni haqiqatga aylantirishga yordam berdilar. Men behad baxtliman.

Men «MYu»ga g‘alabalar qozonish uchun keldim. Shunday ekan, vaqtni yo‘qotib, ob-havoga qarab o‘tirmoqchi emasman. G‘alaba - mening maqsadim va men taslim bo‘lmayman.

Biz Evropa ligasida o‘ynaymiz va har bir musobaqada faqat g‘alabaga intilamiz, - deydi Ibrahimovich.

Manba: www.fut.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.