Islandiya ertagi yakuniga etdi, Fransiya - yarim finalda

Islandiya ertagi yakuniga etdi, Fransiya - yarim finalda
Islandiya ertagi yakuniga etdi, Fransiya - yarim finalda

Evropa chempionati chorak finali doirasida so‘nggi o‘yin yakuniga etdi. Musobaqa mezboni Fransiya terma jamoasi Islandiyaga qarshi maydonga tushdi va g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda yirik hisob qayd etildi. Fransiya terma jamoasi 5:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Islandiya faqat ikkinchi bo‘limga kelib javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo Sigtorson va Byarnasonlar kiritgan gol vaziyatni o‘nglash uchun etarli bo‘lmadi.

Shu tariqa Islandiya ertagi yakuniga etdi va Fransiya terma jamoasi Evropa chempionati yarim finalida Germaniya bilan kuch sinashadi.

Evropa chempionati
Chorak final
Fransiya – Islandiya 5:2 (4:0, 1:2)

Gollar: 1:0 – 12 Jiru, 2:0 – 19 Pogba, 3:0 – 42 Payet, 4:0 – 45 Grizmann, 4:1 – 56 Sigtorsson, 5:1 – 59 Jiru, 5:2 – 84 Byarnason.
Fransiya – Loris, Sanya, Koselni (Mangalya, 72), Umtiti, Evra, Pogba, Matyuidi, Sissoko, Grizmann, Payet (Koman, 80), Jiru (Jinyak, 60).
Islandiya – Xaldersson, Sevarsson, Arnason (Ingason, 46), Sigurdsson, Skulason, Gudmundsson, Gunnarsson, Sigurdsson, Byarnason, Sigtorsson (Gudonsen, 83), Bedvarsson (Finnbogason, 46).
Ogohlantirishlar: Byarnason (58), Umtiti (75).

Manba: www.fut.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.