Habib Nurmagomedov Ilon Maskni Sukerbergga qarshi jangga tayyorlashdan bosh tortdi

Foto: Google Images
Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov Ilon Mask bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi. Bu haqida vaziyatga aloqador bo‘lgan manbaga tayanib, TACC ma’lum qilmoqda.
“Ilon Mask Mark Sukerbergga qarshi jangga Habib Nurmagomedov uni tayyorlashini xohlagandi. Biroq Habib buni rad etdi. Rad etish sababi ma’lum emas”, — deya xabar beradi agentlik manbasi.
Avvalroq, Mask Twitter\'da Sukerberg bilan orani ochiq qilib olish uchun oktagonda jang qilishga tayyor ekanligini aytdi.
Sukerberg Maskning taklifiga Instagram’dagi stories’da “Menga jang joyini yubor”, degan yozuv bilan javob berdi. “Las-Vegasdagi oktagon”, dedi Mask.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













