Messi faoliyatida bunaqasi bo‘lmagan

Messi faoliyatida bunaqasi bo‘lmagan

“Inter Mayami”dagi faoliyatini juda yorqin boshlagan Lionel Messiga klub tarixidagi eng zo‘r to‘purarlar to‘rtligiga qo‘shilishi uchun atigi to‘rtta o‘yin kifoya qildi.

Argentinalik yulduz AQSH jamoasiga kelganidan keyin debyut bahsida “Krus Asul” darvozasini bir marta ishg‘ol qildi. Keyin ketma-ket uchta o‘yinda “Atlanta”, “Orlando” va “Dallas” jamoalariga ikkitadan gol urdi.

To‘rtta uchrashuvda yettita gol urgan Messi “Inter Mayami” tarixidagi to‘purarlar qatoriga qo‘shildi. Bu ro‘yxatda birinchi o‘rinni 29 ta gol bilan argentinalik yulduzlardan biri Gonsalo Iguain egallab tupribdi. Ikkinchi pog‘onadagi Leonardo Kampana hisobida 16 ta to‘p bor.

Messidan oldingi o‘rinda turgan Robert Teylor raqiblar darvozasini sakkiz marta aniq nishonga olgan.

Hali futbol tarixida hech kim to‘rtta uchrashuvda eng zo‘r to‘purarlar ro‘yxatiga kira olmagani statistik ko‘rsatkich sifatida e’tiborni tortmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.