"Bavariya" klubi Xarri Keyn transferini deyarli hal qildi!
\"Bavariya\" klubi \"Tottenxem\" bilan Xarri Keyn bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Devid Ornshteyn xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Germaniya chempioni Keyn uchun 100 million yevrodan ko‘proq summa to‘laydi. Hujumchiga esa 5 yillik shartnoma taklif etiladi.
Xarri bilan moliyaviy shartlar bo‘yicha muzokaralar boshlanish arafasida. Angliyalik to‘purar ham Bundesligaga yo‘l olishga qarshi emasligi aytilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













