Arab klublari Chempionlar ligasi. Ronalduning gollari tufayli "Al Nassr" chempionga aylandi

Arab klublari Chempionlar ligasi. Ronalduning gollari tufayli "Al Nassr" chempionga aylandi

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi jamoasidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.

Portugaliyalik yulduz jamoasi Arab chempionlari kubogi finalida “Al-Hilol” bilan kuch sinashdi.

Ronalduning dubli “An-nasr”ga kutilgan sovrinni keltirdi. Biroq, final qahramoni chap tizzasidan jarohat oldi. Krishtianu maydonni mustaqil tark eta olmadi. Tibbiyot xodimlari uni olib chiqib ketayotganida futbolchi ko‘z yoshlarini yashira olmadi.

“An-Nasr” o‘z tarixida ilk bor Arab chempionlari kubogi sohibiga aylandi. Bunda Ronalduning xizmatlari katta bo‘ldi.


FINAL

\"Al Hilol\" - \"Al Nassr\" 1:2

Gollar: Michel 51 - Ronaldu 74, Ronaldu 98.

\"Al Hilol\": Al Ovays, Abdulhamid, Kulibali (Jafali, 83), Al Bulayhi, Al Shahroni (A Burayk, 83), Kanno, Nevesh, Maykl (Al Hamdan, 91), Al Dosari, Milinkovich-Savich, Malkom.

\"Al Nassr\": All Akidi, Al Gannam, Lajami (Al Fatil, 80), Al Amri, Aleks Telles, Al Haybari (Konan, 80), Marselo Brozovich, Seko Fofana, Taliska (G‘arib, 91), Sadio Mane, Krishtianu Ronaldu.

Chetlatish: Al-Amri (71).

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.