«Al-Hilol» Neymar transferini e’lon qildi

«Al-Hilol» Neymar transferini e’lon qildi

«Al-Hilol» klubi «PSJ» hujumchisi Neymar Saudiya Arabistoni chempionatiga ko‘chib o‘tganini rasman e’lon qildi.

Avvalroq, braziliyalik futbolchi va «Al-Hilol» rahbariyati 2 yillik shartnoma masalasida kelishuvga erishgani, unga ko‘ra, Neymar Ar-Riyod klubida 2 yil uchun 160 million yevro maosh olishi xabar qilingandi. «Al-Hilol» klubi Neymar transferi uchun «PSJ» hisob raqamiga bonuslar bilan hisoblaganda qariyb 120 million yevro o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Neymar o‘tgan mavsum Fransiya chempionatida 20 o‘yinda 13ta gol va 11ta assist qayd etgandi. U Parij klubiga 2017 yil rekord – 222 mln yevro evaziga «Barselona»dan kelib qo‘shilgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.