O‘zbekiston U-20 terma jamoamizning yana bir futbolchisi legionerga aylandi

O‘zbekiston U-20 terma jamoamizning yana bir futbolchisi legionerga aylandi

\"Bunyodkor\" klubi va O‘zbekiston U-20 terma jamoasi himoyachisi Jahongir O‘rozov legionerga aylandi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

O‘rozov Turkiya Birinchi ligasining \"Eyupspor\" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Eslatib o‘tamiz, mazkur jamoaga turkiyalik mashhur sobiq futbolchi Arda Turan murabbiylik qiladi.

Ayni vaqtda klub Turkiyaning nufuz jihatidan ikkinchi pog‘onada turuvchi ligasida ilk turni g‘alaba bilan boshlagan.

O‘zbekiston U-20 terma jamoamizning yana bir futbolchisi legionerga aylandi

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.