Lazizbek Mullojonov qozog‘istonlik yengilmas bokschiga qarshi jang o‘tkazadi

Lazizbek Mullojonov qozog‘istonlik yengilmas bokschiga qarshi jang o‘tkazadi

Jahon chempionati sovrindori, hamyurtimiz Lazizbek Mullojonov 26 avgust kuni Polshadagi professional boks oqshomida ringga ko‘tariladi.

Unga qozog‘istonlik Nursulton Amanjolov raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Lazizbek prof boksda shu kungacha 3 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida muddatidan oldin g‘alabaga erishgan. Nursulton ham hali professional ringda mag‘lubiyatga uchramagan. U 5 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. 4 ta jangni muddatidan oldin yakunlagan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur turnirning markaziy jangida superog‘ir vazn toifasida jahon chempioni Aleksandr Usik Daniel Dyubuadan o‘z kamarlarini himoya qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.