Shaxmat. Magnus Karlsen ilk marta jahon kubogi sohibiga aylandi

Shaxmat. Magnus Karlsen ilk marta jahon kubogi sohibiga aylandi

Foto: Shahid Ahmed

Norvegiyalik grossmeyster finalda hindistonlik Pragnanandha bilan dastlab 2 ta klassik partiyada durang o‘ynadi, bugun esa tay-brekda tezkor shaxmatda g‘alaba qozondi. 3-o‘rinni esa Fabiano Saruana egalladi. U Nijat Abbasovni tay-brekda mag‘lub etgan.

Magnus Karlsen shaxmat toji uchun nomzodlar turnirida qatnashishdan voz kechgani sababli uning o‘rniga 4-o‘rinni olgan Nijat Abbosov boradigan bo‘ldi.

G‘oliblar quyidagicha pul mukofotini qo‘lga kiritdi:
1-o‘rin: 110 ming AQSH dollari;
2-o‘rin: 80 ming AQSH dollari;
3-o‘rin: 60 ming AQSH dollari;
4-o‘rin: 50 ming AQSH dollari.

Qayd etish joiz, Karlsenning ushbu turnirdagi eng yaxshi natijasi 3-o‘rin edi.

Ma’lumot uchun, Magnus 2013-2023 yilgacha – klassik shaxmat yo‘nalishida, 2014-2016, 2019, 2022 yil – rapid bo‘yicha, 2014-2015, 2017-2019 va 2022 yil blis yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Jahon kubogining amaldagi sohibi xitoylik Din Lijen sanalardi.

Shaxmat. Magnus Karlsen ilk marta jahon kubogi sohibiga aylandi

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.