O‘zbekiston Kubogi. Irodali g‘alabaga erishgan "Nasaf" yarim finalga chiqdi

O‘zbekiston Kubogi. Irodali g‘alabaga erishgan "Nasaf" yarim finalga chiqdi

O‘zbekiston kubogi chorak final bosqichidan o‘rin olgan \"Turon\"  - \"Nasaf\" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv \"ajdarlar\"ning 1:2 hisobidagi  g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bellashuvda hisob 17-daqiqada ochildi. Rustamxon Azimovning jarima maydoni ichidan yo‘llagan zarbasi raqib himoyachilariga tegib darvoza to‘ridan joy oldi. 76-daqiqada Oybek Bozorov hisobni tenglashtirdi. 90+3 daqiqada G‘olib G‘aybullayev g‘alaba golini kiritdi.

Shu tariqa, \"ajdarlar\" kombek qilib yarim finalga yo‘l oldi.

O‘zbekiston Kubogi

1/4 final

\"Turon\" – \"Nasaf\" 1:2

Gollar: 1:0 — 17 Rustamxon Azimov, 1:1 — 76 Oybek Bozorov, 1:2 — 90+3 G‘olib G‘aybullayev.

\"Turon\": 35.Rahimjon Davronov, 2.Abdulazizxon Abdurashidov, 3.Akbar Abdirasulov, 4.Asliddin Toshtemirov, 9. Rustam Azimov, 14.Xurshidbek Muxtorov (s), 17.Nodirbek Mukarov, 18.Abdug‘ani Kamolov, 21.A’zamjon Aliyev, 40.Abega Enyang Ngu, 88.Sardor Sadullayev. 

Zaxira: 1.Dostonbek To‘xtaboyev, 5.Marlen Chobanov, 7.Shohmalik Komilov, 10.Humoyun Murtozayev, 11.Javohir Alijonov, 22.Shahzodbek Rahmatullayev, 45.Asadbek Saitxonov, 55.Aslbek Aysarov, 77.Fayzullobek Jumanqo‘ziyev.

\"Nasaf\": 35.Abduvohid Ne’matov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 9.Javohir Sidiqov (19.Mateus Lima 46), 17.Suhrob Nurulloyev, 34.Sherzod Nasrullayev, 70.Jambuli Jigauri, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoyevich, 92.Umarbek Eshmurodov (s).

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 2.Alibek Davronov, 18.Bahrom Abdurahimov, 21.Doniyor Narzullayev, 25.Bekjon Rahmatov, 32.Zafar Hakimov, 99.Azizbek Amonov.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.