Alibek Davronov: "Gol urganimizdan keyin ishonchimiz ortdi va to‘xtab qolmadik"

Alibek Davronov: "Gol urganimizdan keyin ishonchimiz ortdi va to‘xtab qolmadik"

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo kubogining saralash bosqichi so‘nggi turida Eronga qarshi maydonga chiqdi (1:0).

Uchrashuvdan so‘ng terma jamoa himoyachisi Alibek Davronov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

\"O‘yin yaxshi o‘tdi. Murabbiylarning ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajardik. Eron yaxshi o‘rganilgan edi. Bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga katta rahmat aytib qolaman\", - deydi Alibek Davronov.

- Hisob 1:0 bo‘lib turgan pallada odatda hisobni ushlashga harakat qilinadi va bu ko‘p hollarda ruhiy holat bilan bog‘liq bo‘ladi. Bugun hisobda oldinga chiqib olganimizdan so‘ng qanday ko‘rsatmalar berildi?

- Gol urganimizdan so‘ng o‘zimizga ishonchimiz ortdi va to‘xtab qolmadik. Hujum qilishda davom etdik.

- Himoya chizig‘i vakillarimiz xatosiz harakat qildi. Vaholanki, Eron safida \"Xall Siti\"da o‘ynaydigan hujumchi bor edi. Ularga qarshi qanday tayyorgarlik ko‘rildi?

- Hujumchilarini ko‘rib chiqqan edik. Murabbiylar ularning ustunlik va kamchilik tomonlarini ko‘rsatib berishgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.