Dolidze: "Keling, buni amalga oshiraylik!"

Dolidze: "Keling, buni amalga oshiraylik!"

Gruziyalik UFC o‘rta vazn toifasi (83.9 kg) vakili sobiq chempion Robern Uittakerni oktagonga chorladi:

\"Derek Branson safdan chiqdi. Uittaker esa yil oxirigacha jang qilmoqchiligini eshitdim. Keling, buni amalga oshiramiz! Noyabr yoki dekabr\" - dedi Dolidze.

Eslatib o‘tamiz, Roman Dolidze (12-2) oxirgi jangida Marvin Vettoriga ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub bo‘lgan.

Uittaker (24-7) esa so‘nggi jangida Drikus Dyu Plessiga ikkinchi raundda nokaut evaziga mag‘lub bo‘ldi.

Avvalroq, Dolidzening keyingi raqibi Derek Branson bo‘lishi kerak edi, ammo amerikalik jarohat olgani sabab jangdan voz kechganini ma’lum qilgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.