Nigina Abduraimova Xitoyda ITF turnirining finaliga yo‘l oldi

Nigina Abduraimova Xitoyda ITF turnirining finaliga yo‘l oldi
Nigina Abduraimova Xitoyda ITF turnirining finaliga yo‘l oldi

O‘zbekistonning birinchi raqamli ayol raketkasi Nigina Abduraimova Xitoyning Syuyszin shahrida o‘tkazilayotgan ITF turnirining final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. U yarim final bahsida Janubiy Koreya vakilasi Chon-Chan Soni 7:5, 4:6, 7:5 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘yin 3 soat 17 daqiqa davom etib, vakilamiz unda o‘z hisobiga 3 ta eys, 7 ta breykni rasmiylashtirdi. Endi hal qiluvchi bahsda u Xitoy vakilasi Fanchjou Lyu varshiligini engishga urinib ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, Nigina chorak finalda ham Xitoy vakilasi Fan Yin Ksunni 6:2, 6:3 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.