Nigina Abduraimova "Qujing - 2016" xalqaro turniri g‘olibasi!


Nigina Abduraimovaning Xitoyda Xalqaro tennis federasiyasi tomonidan tashkil etilgan \"Qujing - 2016\" xalqaro turnirida ishtirok etayotganligi haqida xabar bergan edik.
Mazkur musobaqada O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi finalgacha etib borib, hal qiluvchi bellashuvda mezbonlar vakilasi Fangjou Liuga qarshi kortga chiqdi.
Ikki set davom etgan bahsda tennischimiz 7:5, 6:3 hisoblarida g‘alaba qozonib, joriy mavsumdagi ikkinchi sovriniga ega chiqdi. Bundan avval u Yaponiyadagi xalqaro turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













