Osiyo o‘yinlari. Bobonov va To‘raboyev finalda

Osiyo o‘yinlarining bugungi kuni ham delegatsiyamiz a’zolari uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Dzyudochilarimiz bugun ham ajoyib ishtiroklari bilan barcha muxlislarni xursand qilishyapti. Kechki dasturda Davlat Bobonov hamda Muzaffarbek To‘raboyev chempionlik uchun kurash olib borishsa, Alisher Yusupov hamda Irisxon Qurbonboyeva bronza medali uchun tatamiga chiqadi. Juftliklar esa quyidagicha:
Final: -90 kg: Davlat Bobonov – Erlan Sherov (Qirg‘iziston)
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev – Gonchigsuren Batxuyag (Mo‘g‘uliston)
Bronza medali uchun: +100 kg: Alisher Yusupov – Xyota Oga (Yaponiya)
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva – Xuslen Otgonbayar (Mo‘g‘uliston)
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













