PSJdan "Al Sadd"ga o‘tgan fransiyalik futbolchi "Nasaf"ga qarshi o‘ynay olmaydi

PSJdan "Al Sadd"ga o‘tgan fransiyalik futbolchi "Nasaf"ga qarshi o‘ynay olmaydi

2 oktyabr kuni Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turi doirasida O‘zbekistonning \"Nasaf\" va Qatarning \"Al Sadd\" klublari bellashadi.

Arab mamlakati jamoasi Qarshiga bir qancha yo‘qotishlar bilan tashrif buyuradi. Jumladan, Fransiyaniing PSJ klubidan ijaraga olingan hujumchi Ilyos Husniyni klub turnir uchun ro‘yxatdan o‘tkaza olmadi. Shu sababli u ilk turni ham o‘tkazib yuborgandi.

Shu bilan birga, tajribali himoyachi Pedro Migel va braziliyalik hujumchi Gilerme Torres ham jarohati sababli bo‘lajak uchrashuvda qatnasha olmaydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.