Bahodir Jalolov ham Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi!

Xanchjouda davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining boks bahslari finaliga yo‘l olgan uchinchi vakilimiz Bahodir Jalolovning jangi ham o‘z yakuniga yetdi.
U final jangida qozog‘istonlik Qamshibek Ko‘nkaboyevga qarshi ringga ko‘tarildi. Raqibga qarshi yurtdoshimiz doimgidek ishonchli harakat qildi. Butun jang mobaynida katta ustunlikka erishgan yurtdoshimiz yakunda 4:0 hisobida g‘alaba qozondi va Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













