Tennischilarimiz Devis kubogi pley-off bosqichida Shveysariya bilan kuch sinashadi


Xabaringiz bor, 15-17 iyul kunlari poytaxtimiz mezbonlik qilgan Devis kubogida Jahon guruhining pley-off bosqichiga terma jamoamiz qur’a natijalariga ko‘ra, Shveysariya termasi bilan uchrashadigan bo‘ldi.
Tennis olamining eng nufuzli musobaqalaridan hisoblangan ushbu turnirning qur’a tashlash marosimida 14 terma jamoa ishtirok etdi.
Jahon guruhi pley-offi juftliklari bilan tanishing:
O‘zbekiston - Shveysariya;
Belgiya – Braziliya;
Avstraliya – Slovakiya;
Kanada – Chili;
Hindiston – Ispaniya;
Yaponiya – Ukraina;
Germaniya – Polsha.
Pley-off uchrashuvlari shu yilning 16-18 sentyabr kunlari nomlari birinchi yozilgan mamlakatlar mezbonligida tashkil etiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













