Chimayev Usmanning ustidan kuldi

O‘rta vazn toifasi (77.5-84 kg) yengilmas jangchisi Hamzat Chimayev Kamaru Usmanga qarshi jang haqida gapirdi.
\"Ular men UFC\'da paydo bo‘lgan kunimdan beri Usman bilan to‘qnashuvimiz haqida gapirishdi. \"Hamzat - Usman\". Ular kurash va \"stoyka\"dagi mahoratimizni solishtirdi.
Usman menga o‘xshaydi, lekin eskiroq versiya. Kamaru iPhone 5 bo‘lsa, men iPhone Pro. Bu esa oramizdagi farqdir\", - dedi Chimayev.
Chimayev (12-0) va Usman (20-3) o‘rtasidagi jang UFC 294 turnirining asosiy kardida bo‘lib o‘tadi. Turnir 21 oktyabr kuni o‘tkaziladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













