A Seriya. Shomurodov assist qilgan o‘yinda "Kalyari" g‘alabani qo‘ldan chiqardi

A Seriya. Shomurodov assist qilgan o‘yinda "Kalyari" g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Italiya A Seriyasining 9-turidan o‘rin olgan \"Salernitana\" - \"Kalyari\" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Mezbonlar safida gollarni Dia (dubl) kiritdi. Sardiniyaliklarning ikki goli Luvumbo va Viola nomiga qayd etildi.

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa sardiniyaliklar safida 84-daqiqada zahiradan maydonga tushirildi. Ahamiyatlisi, u jamoasining ikkinchi goliga assistentlik qildi.

Shu tariqa, \"Kalyari\" 1 ochkoni qo‘lga kiritib, 3 ochko bilan 20-o‘rinda qoldi. \"Salernitana\" 4 ochko to‘plagan holda 19-o‘rinni band etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.