Abbosbek Fayzullayev yana bir bor eng zo‘rlardan biri bo‘ldi!

Rossiya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan SSKA - \"Krasnodar\" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda moskvaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol Abbosbek Fayzullayevning uzatmasidan so‘ng Chalov tomonidan kiritildi va jamoasining g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Fayzullayev \"Match premer\" talqiniga ko‘ra, 13-tur ramziy jamoasiga kiritildi. Bundan tashqari 20 yoshli vakilimiz SSKAning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi sovrinni qo‘lga kiritdi.

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













