Umar Momani: Messining yangi soch turmagi va boshqa suratlar

Umar Momani: Messining yangi soch turmagi va boshqa suratlar
Momani chizgan karikaturalar elon qilindi. Marhamat ko‘ring va zavqlaning.

1. Tug‘ilgan kuning bilan-1
Umar Momani: Messining yangi soch turmagi va boshqa suratlar

25 iyul kuni braziliyalik futbolchi Xalk tavallud kunini nishonladi.

2. Sochimdan ko‘p oshig‘im...
Umar Momani: Messining yangi soch turmagi va boshqa suratlar

\"Borussiya\" Dortmund jamoasi futbolchisi Per Emerik-Obameyang klubini tark etmasligini, agar ketsa ham, faqat Madridning \"Real\" jamoasiga o‘tishi mumkinligini bildirdi.

3. Sevgi emas, pul
Umar Momani: Messining yangi soch turmagi va boshqa suratlar

Gonsalo Iguainning \"Yuventus\"ga o‘tish haqidagi qarori Maradonaga yoqmadi. Argentina afsonasi Iguainning bu qarorini klubga nisbatan hurmatsizlik deb baholadi.

4. Eski tanishlar
Umar Momani: Messining yangi soch turmagi va boshqa suratlar

Bir paytlar \"Borussiya\"dan \"Bavariya\"ga o‘tgan Mario Gyotse yana sobiq klubiga kelib qo‘shilganidan Marko Roys xursand.

5. 4:1? Bekor qilinsin!
Umar Momani: Messining yangi soch turmagi va boshqa suratlar

Xalqaro chempionlar kubogi doirasida \"Manchester Yunayted\" Dortmundning \"Borussiya\" klubiga yirik hisobda yutqazib qo‘ygach, \"MYu\" bilan shartnoma imzolamoqchi bo‘lgan Pol Pogba fikridan qaytish haqida bosh qotirmoqda.

6. Oltin bo‘lmasa, kumush-da!
Umar Momani: Messining yangi soch turmagi va boshqa suratlar

\"Barselona\" jamoasi hujumchisi Lionel Messi sochlarini kumush rangga bo‘yab oldi. Bu esa internet olamida ancha shov-shuvga sabab bo‘ldi. Balki Messi shu bilan hayotida yangi sahifa ochmoqchidir...
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.