La Liga. "Barselona" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

La Liga. "Barselona" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

La Liganing 11-turidan o‘rin olgan \"Real Sosedad\" - \"Barselona\" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda kataloniyaliklar 0:1 hisobida zafar quchdi.

O‘yindagi yagona golni Arauxo urdi. Himoyachi 92-daqiqada Gundogan uzatgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab, g‘alaba golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, \"Barselona\" 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va turnir jadvalida 3-o‘ringa chiqib oldi. \"Sosedad\" esa 6-pog‘onadan joy olgan.

Real Sosedad – Barselona 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 – 90 Arauxo.

Real Sosedad – Remiro, Traore (Elustondo, 63), Le Norman, Subeldiya, Munos, Mendes, Merino, Subimendi, Kubo, Oyarsabal (Fernandes, 84), Barrenechea (Cho, 79).

Barselona – ter Stegen, Joau Kanselu (Rafinya, 69), Martines, Kunde, Arauxo, Balde, Gyundogan, Gavi, Lopes (Ferran Torres, 57), Joau Feliks (Yamal, 69), Levandovski (Pedri, 57).

Ogohlantirishlar:  Joau Feliks (49), Mendes (49), Martines (60), Subeldiya (74), Subimendi (84), Gavi (86).

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.