U-17 JCH. Germaniya Argentinani penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi

U-17 JCH. Germaniya Argentinani penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi

O‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining yarim final uchrashuvlari start oldi. Ilk o‘yin Argentina va Germaniya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Qiziqarli va shiddatli kechgan bahs asosiy vaqti 3:3 hisobida yakun topdi. Penaltilar seriyasida esa 2:4 hisobida nemislar zafar quchdi va ilk finalchi nomiga sazovor bo‘ldi.

Ikkinchi yarim final bahsida Fransiya va Mali terma jamoalari kuch sinashadi. Mazkur bellashuv g‘olibi finalda Germaniya bilan musobaqa g‘olibligi uchun kurash olib boradi. Uchrashuv birozdan so‘ng 17:00 da boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.