"Nasaf" ikki himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

2023 yilgi futbol mavsumi o‘z yakuniga yetib bormoqda. Qarshining \"Nasaf\" klubi rahbariyati yangi mavsumga tayyorgarlikni hozirdanoq boshlab yuborgan. Mavsum tugamasdanoq yetakchilar bilan shartnomalar uzaytirilmoqda.
Bugun “Nasaf” futbol klubining himoya qo‘rg‘onlari G‘olib G‘aybullayev va Alibek Davronovlar bilan shartnomalar uzaytirildi. Har ikkala himoyachi ham \"ajdarlar\" bilan 2027 yilgacha birga bo‘lishadi. Bu haqda qarshiliklar jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, G‘aybullayev hamda Davronov “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













