Ivan Bubalo "Bunyodkor" bosh murabbiyi bo‘ladi

Ivan Bubalo "Bunyodkor" bosh murabbiyi bo‘ladi

Toshkentning \"Bunyodkor\" jamoasida xorvatiyalik murabbiy ish boshlaydi.

UYEFA Pro litsenziyasiga ega, 45 yoshli Ivan Bubalo kecha iste’foga chiqarilgan rossiyalik Aleksandr Krestininning o‘rnini egallaydi.

Xorvatiyalik murabbiy bungacha Bosniya va Gersegovinaning \"Posushe\" futbol maktabida rahbar sifatida ishlab kelayotgan edi.

Bubalo faoliyati davomida Bosniya va Gersegovinaning \"Gabela\", \"Zrinski Mostar\", \"Braniteli Mostar\", Xorvatiya ikkinchi ligasi vakili \"Solin\" klublarida faoliyat olib borgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.