Superliga-2023. Yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi

Superliga-2023. Yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi

Bir necha kun avval Coca-Cola Superligada har oyning eng yaxshilari qay tartibda va kim tomonidan aniqlab borilgani ko‘rsatilgandi. Mana shu ovozlar jamlanmasidan kelib chiqib, yilning eng yaxshisi aniqlanadi.

Quyida 8 nafar mutaxassis keltirib o‘tilgan. Ular oy davomida kerakli ochkolarni to‘plab keldi. Umumiy ko‘rinishda mazkur mutaxassislar mavsumni turlicha holatda yakunladi. Biroq oy davomida yig‘ib borilgan ochkolar endi muhim rol o‘ynaydi. Oylar davomidagi barqarorlik yoki biror oyni katta muvaffaqiyat bilan o‘tkaza olish eng yaxshi bo‘lishda asosiy omil bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2023 yilgi mavsum davomida Levchenko (mart), Shatskix (aprel), Qosimov (may), Xomyakov (iyun), Levchenko (avgust), Steshevich (sentyabr), Berdiyev (oktyabr), Arslonov (noyabr) kabilar oy murabbiyi sifatida tan olingandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.