Milliy terma jamoamiz safiga yana ikki nafar futbolchimiz qo‘shildi

Milliy terma jamoamiz safiga yana ikki nafar futbolchimiz qo‘shildi

Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida o‘quv mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazayotgan terma jamoamiz safiga yana ikki nafar futbolchimiz yetib keldi.

Yaqindagina \"Navbahor\" jamoasini tark etgan Oston O‘runov milliy terma jamoaga yig‘iniga yetib keldi. Shuningdek, kuni kecha \"Paxtakor\"klubi  himoyachisi Hojiakbar Alijonov ham Srechko Katanes boshchiligidagi terma jamoa safiga qo‘shildi. Osiyo Kubogi oldidan terma jamoamizning asosiy yig‘iniga sekin astalik bilan asosiy tarkib futbolchilari kelib qo‘shilmoqda.

Milliy terma jamoamiz safiga yana ikki nafar futbolchimiz qo‘shildi

Bizning saytimizga yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra Oston O‘runov va Hojiakbar Alijonovlarda kichik jarohat bor va shu sabab ushbu futbolchilar terma jamoa yig‘iniga kechroq qo‘shilishdi.

Milliy terma jamoamiz safiga yana ikki nafar futbolchimiz qo‘shildi

Eslatib o‘tamiz \"Paxtakor\" bosh murabbiyi Maksim Shatskix yaqindagina Alijonovning jarohati borligi haqida gapirib o‘tgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.