Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi

Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi

Foto: Reuters

UYEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, «Arsenal» «Portu» maydoniga safar qilsa, «Barselona» Italiya chempioni «Napoli»ga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi. «Real» esa Germaniyaning «Leypsig» jamoasi bilan chorakfinal yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

\"\"

Chempionlar ligasi 1/8 final juftliklari:

  • «Portu» (Portugaliya) – «Arsenal» (Angliya)
  • «Napoli» (Italiya) – «Barselona» (Ispaniya)
  • «PSJ» (Fransiya) – «Real Sosiyedad» (Ispaniya)
  • «Inter» (Italiya) –  «Atletiko» (Ispaniya)
  • PSV (Niderlandiya) – «Borussiya» Dortmund (Germaniya)
  • «Latsio» (Italiya) – «Bavariya» (Germaniya)
  • «Kopenhagen» (Daniya) – «Manchester Siti» (Angliya)
  • «Leypsig» (Germaniya) – «Real» (Ispaniya)

Ma’lumot uchun, nimchorakfinalning dastlabki o‘yinlari 13-14 va 20-21 fevral kunlari, javob uchrashuvlari esa 5-6 va 12-13 mart kunlari o‘tkaziladi. Guruh g‘oliblari javob o‘yinini o‘z maydonida o‘tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.