Isroil Madrimov chempionlik jangi uchun kelishuvga erishdi


Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida faoliyat yuritib kelayotgan hamyurtimiz Isroil Madrimov (9-0-1,6KO)ning navbatdagi raqibi deyarli ma’lum bo‘ldi.
U rossiyalik Magomed Kurbanov (25-0,13KO) bilan WBA jahon chempionlik kamari uchun jang qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Jang tez orada rasman e’lon qilinadi. Bu borada Magomed Kurbanov o‘z instagram sahifasida xabar berdi.

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













