"Nasaf" Viktor Da Silvani o‘z safiga qo‘shib oldi

"Nasaf" Viktor Da Silvani o‘z safiga qo‘shib oldi
"Nasaf" Viktor Da Silvani o‘z safiga qo‘shib oldi
Qarshining \"Nasaf\" klubi braziliyalik yarim himoyachi Viktor Da Silva transferini rasman e’lon qildi.
"Nasaf" Viktor Da Silvani o‘z safiga qo‘shib oldi
\"Braziliyalik hujumkor yarim himoyachi Viktor Da Silva bugun jamoamiz bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.
 
Futbolchi faoliyati davomida Italiyaning “Kevo”, “Peskara”, “Breshia”, “Teramo”, “Perudja”, “Fermana”, “Virtus Verona” klublarida to‘p tepgan. 2013 yilda “Kevo” safida Italiya A seriyasi va Italiya Kubogida o‘ynagan. Viktor Xorvatiyaning “Istra 1961”, Albaniyaning “Vlazniya”, Kiprning “Olimpiakos” kabi klublarida ham to‘p tepgan. Uning so‘nggi jamoasi Albaniyaning “Partizani” klubi bo‘lgan.
 
Ishonamizki, braziliyalik futbolchi jamoamizga sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishda yordam beradi. “Nasaf” oilasiga xush kelibsan, Viktor\", - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
"Nasaf" Viktor Da Silvani o‘z safiga qo‘shib oldi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.