Superkompyuter O‘zbekistonning Osiyo kubogida chempion bo‘lish imkoniyatini qanday baholadi?

Superkompyuter O‘zbekistonning Osiyo kubogida chempion bo‘lish imkoniyatini qanday baholadi?

12 yanvar kunidan Qatarda start oladigan Osiyo kubogi-2023 bahslari oldidan Opta statistik portali superkompyuter yordamida milliy jamoalarning chempionlik imkoniyatlarini baholadi.

Unga ko‘ra, Osiyo chempioni bo‘lish uchun asosiy da’vogar sifatida Yaponiya keltirilgan. «Samuraylar»ning bosh sovringa ega chiqish imkoniyati 24,6 foizga baholangan.

Ikkinchi o‘rindan Janubiy Koreya joy olgan bo‘lib, Son Hyon Min yetakchiligidagi koreyslarning imkoniyati 14,3 foizga baholangan.

Uchinchi o‘rindan Eron joy olgan bo‘lib, forslarning imkoniyati – 11,2 foizga baholangan.

Guruhdoshimiz Avstraliya va Saudiya Arabistoni milliy jamoalari bu borada beshlikka kiritilgan.

Opta statistik portal superkompyuteri O‘zbekiston milliy jamoasining Osiyo kubogini qo‘lga kiritish imkoniyatini 2,5 foizga baholagan bo‘lib, Srechko Katanes shogirdlari bu reytingda 8-pog‘onada qayd etilgan.

Superkompyuter O‘zbekistonning Osiyo kubogida chempion bo‘lish imkoniyatini qanday baholadi?

Turnirda g‘olib bo‘lish uchun imkoniyati deyarli yo‘q deya baholangan jamoalar – Hongkong (0,1 %), Indoneziya (0,2 %), Malayziya (0,2 %) va Qirg‘iziston (0,1 %) sifatida ko‘rsatilgan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston guruhda Suriya, Hindiston va Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki o‘yin 13 yanvar kuni Ektor Kuper boshqaruvidagi suriyaliklarga qarshi o‘tkaziladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.