Rio-2016. Dzyudo. Abdulla Tangriyev bronza medalini qo‘lga kirita olmadi

Rio-2016. Dzyudo. Abdulla Tangriyev bronza medalini qo‘lga kirita olmadi
Rio-2016. Dzyudo. Abdulla Tangriev bronza medalini qo‘lga kirita olmadi

Dzyudoning eng og‘ir vazn toifasida ishtirok etgan Abdulla Tangriev yarim finalga etib bordiyu, ammo medaldan quruq qoldi.

Hamyurtimiz bronza medali uchun mezbon sportchisi Rafael Silva bilan bellashdi. Hakam dastlabki har ikkala dzyudochini passiv harakat uchun ogohlantirgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmasdan Tangrievga ikkinchi \"shido\"ni berdi. Jang tugashi arafasida esa yon hakamlarining ko‘rsatmasi asosida Silvaga \"yuko\" bahosi ham berildi.

Shu tariqa, Abdulla Tangriev medalni qo‘lga kiritishga yaqin keldiyu, ammo so‘nggi pallada imkoniyatni boy berdi. Dzyudochilarimiz O‘zbekistonga delegasiyasi hisobiga 2ta bronza medalini taqdim etishdi.

Manba: stadion.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.