Habib Nurmagomedov UFC'ga qaytishi uchun taklif etilgan 40 mln. dollarni rad etgan ekan

UFC sobiq chempioni Daniel Korme Habib Nurmagomedov UFC\'ga qaytishi uchun katta miqdordagi pulni rad etganini ma’lum qildi.
“Habib bilan suhbatimizda u UFC\'ga qaytishi uchun 40 million dollar taklif qilingani, lekin u rad etganini aytgandi. Bilmadim, u nechta jangni nazarda tutdi.
Shunchaki u 40 milliondan voz kechgani va faoliyatini tugatganini aytib o‘tdi”, — deydi Korme.
Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni hisoblanadi. Dog‘istonlik sportchi 2020 yilda faoliyatini yakunlagan. Uning rekordi — 29-0.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













