Osiyo kubogi. O‘zbekiston joy olgan guruhda vaziyat qanday?

Osiyo kubogi. O‘zbekiston joy olgan guruhda vaziyat qanday?

Osiyo kubogi 2-turidan o‘rin olgan Hindiston - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz yirik 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi.

Termamiz safida dastlab Abbosbek Fayzullayev 4-daqiqada bosh bilan zarba yo‘llab, hisobni ochdi. 18-daqiqada Igor Sergeyev darvoza ustunidan qaytgan to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Taym so‘nggiga yaqin Nasrullayev yaqin masofadan deyarli bo‘sh qolgan darvozaga zarba yo‘llab, hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.

Biroz avval bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Avstraliya Suriyani mag‘lub etdi va ochkolari sonini 6 taga yetkazib oldi. Quyida vakillarimiz joy olgan \"B\" guruhi turnir jadvali bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

Osiyo kubogi. O‘zbekiston joy olgan guruhda vaziyat qanday?

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.