O‘FA 5 ming dollar, “Nasaf” esa 50 ming dollar jarimaga tortildi

O‘FA 5 ming dollar, “Nasaf” esa 50 ming dollar jarimaga tortildi

Osiyo futbol konfederatsiyasi intizom qo‘mitasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda “Nasaf” klubiga qarshi uchta qaror qabul qildi.

Bu haqida futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev xabar qildi.

O‘FA 5 ming dollar, “Nasaf” esa 50 ming dollar jarimaga tortildi

Foto: Futbolium

O‘FA 5 ming dollar, “Nasaf” esa 50 ming dollar jarimaga tortildi

Foto: Futbolium

Ikki kun ichida OFK intizom qo‘mitasi O‘FAni 5 ming, “Nasaf”ni esa 50.375 dollar jarimaga tortdi.

O‘FA Osiyo Kubogi doirasidagi Suriyaga qarshi o‘yin tur firmalar reklamasi aks etgan liboslarda kelgan muxlislar uchun jazolandi. “Nasaf” esa “As-Sadd”ga qarshi Chempionlar Ligasi o‘yinida muxlislar tosh otgani va u hakam yordamchisiga tekkani, “Sharja”ga qarshi bahsda esa raqib o‘yinchisi ko‘ziga lazer tutgani uchun jazolandi.

Qayd etish joiz, O‘FA noyabrda Afg‘onistonga qarshi Osiyo Kubogi U-23 saralash o‘yinida uch nafar muxlis maydonga yugurib chiqqani uchun 15 ming dollar jarimaga tortilgandi”, — deb yozadi Nikimbayev.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.