Osiyo kubogi-2023. Avstraliya Indoneziyani yirik hisobda mag‘lub etib chorak finalga chiqdi

Osiyo kubogi-2023. Avstraliya Indoneziyani yirik hisobda mag‘lub etib chorak finalga chiqdi
Osiyo kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan Avstraliya - Indoneziya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bahs \"kengurular\"ning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, 12-daqiqada indoneziyalik himoyachi o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Birinchi taym so‘ngida esa, o‘ng qanotdan uzatib berilgan to‘pni Boyl boshi bilan darvozaga to‘g‘irlab qo‘ydi - 2:0.

Keyinchalik 89-daqiqada Gudvin oaradagi farqni 3taga oshirib qo‘ygan bo‘lsa, Xarri Suttar 90+1 daqiqada raqib darvozasiga 4-golni urdi.
Shu tariqa Grem Arnold shogirdlari keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ular guruhda O‘zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan chiqishgan edi.

Osiyo kubogi-2023, 1/8 final
Avstraliya - Indoneziya - 4:0

Gollar: 1:0 – 12, avtogol Baggott, 2:0 – 45 Boyl, 3:0 – 89 Gudvin, 4:0 – 90 Suttar.
Avstraliya: Rayan, Jons (Atkinson, 69), Suttar, Roulz, Bexich, Bos (Gudvin, 87), Irvayn, Makgri (Metkalf, 61), Bakkus (O\'Nil, 87), Boyl, Fornaroli (Dyuk, 61).
Indoneziya: Sutaryadi, Baxar (Sulaeman, 58), Amat, Uelsh, Baggott, Pattinama, Xyubner, Jenner, Sayuri (Ramadani, 75), Ferdinan, Streyk.
Ogohlantirish: Fornaroli (15), Baxar (35), Jons (65), Uelsh (68), Amat (90), Streyk (90).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.