Diyor Xolmatov: "Chiroyli pas, chiroyli debyut bari Xudodan"

Diyor Xolmatov: "Chiroyli pas, chiroyli debyut bari Xudodan"
O‘zbekiston terma jamoasida debyut o‘yinini o‘tkazgan Diyor Xolmatov Tailandga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng fikrlarini bildirib o‘tdi.

\"Chiroyli debyut, chiroyli pas Xudodan. Muhimi o‘yinda yutib oldik. Endi bor e’tiborimiz Qatarga qaratiladi. Asosiysi tiklanib olishimiz kerak. Tailand bilan o‘yin qiyin o‘tdi. Oxirgi daqiqalarda charchoq sezildi. Shunga qaramay xarakter ko‘rsata oldik\", - deydi Diyor Xolmatov.

- Birinchi bo‘limda bizda vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda Tailand faollikni oshirdi. Birinchi bo‘limdagi vaziyatlardan foydalana olmaslikka nima sabab bo‘ldi?
- Tailand himoyadan o‘ynadi. Shu bois bizda vaziyatlar ko‘paydi. Ikkinchi bo‘limda raqib safida jamoa yetakchilari maydonga tushdi.

- Qatar - Falastin o‘yinini ko‘rib qanday fikrlar yuzaga keldi?
- Xudo xohlasa, yutamiz. Akram Afif? U mahoratli futbolchi. Murabbiyimiz o‘yinga taktika tanlaydi. Qatarni yutib olsak yarim final, keyin esa final.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.