Jaloliddin Masharipov Eronning "Istiqlol" klubi a’zosiga aylandi

Jaloliddin Masharipov Eronning "Istiqlol" klubi a’zosiga aylandi
O‘zbekiston terma jamoasi sardori Jaloliddin Masharipov faoliyatini Eron chempionatida davom ettiradi.

Bu haqda Eron klubi matbuot xizmati xabar berdi. Unga ko‘ra, \"Istiqlol\" bosh direktori Ali Xateyr Masharipov bilan 1,5 yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Futbolchi yaqin ikki-uch kunda Tehronga tibbiy ko‘rikdan o‘tish va bitimga imzo chekish uchun boradi.
\"Istiqlol\" hozirda Eron Pro ligasida 15 turdan so‘ng 32 ochko jamg‘argan holda yetakchilik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Masharipov yaqin Gretsiya \"Panserraikos\" klubi bilan bitimini bekor qilgandi.
Jaloliddin Masharipov Eronning "Istiqlol" klubi a’zosiga aylandi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.